| UNION TBK The Brand Key Biz ko‘rinimli, yodda qoladigan va samarali reklamalarni yaratamiz. Ilg‘or uskunalar bilan jihozlangan 1 700 m² zamonaviy ishlab chiqarish maydonida tashqi reklama, poligrafiya, POSM, kreativ konstruksiyalar va rasmiy brend suvenirlari kabi barcha turdagi buyurtmalar yaratiladi. Tezkor. Ijodkorlik bilan. Yuqori texnologiyalar asosida. Shaxsiy yetkazib berish xizmatimiz, transport vositalarimiz va kuchli jamoamiz tufayli, biz har oyda butun mamlakat bo’ylab — poytaxtdan tortib, hududlargacha 2000dan ortiq loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshiramiz. TBK - The Brand Key bizning yondashuvimizni aks ettiradi: har bir brendning o‘ziga xos auditoriya e’tibori, iste’molchi ishonchi va savdo o‘sishining kaliti mavjud. Bizning vazifamiz - bu kalitni topish va marketing faoliyatini haqiqiy natijaga aylantirish. Ishonchlilik. Ijodkorlik. Tezlik. Ta’sir. |